Gitlerning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi hujjatlar e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati Uchinchi reyx fyureri Adolf Gitlerning shaxsiy uchuvchisi, qo‘mondon Xans Baurning so‘roqqa tutilishi bo‘yicha maxfiylashtirilgan arxiv materiallarini e’lon qildi.  

Baurga qarshi tergov ishining hujjatlari va fotosuratlari ilk bor e’lon qilingan. 

Ta’kidlanishicha, Berlin uchun jang arafasida “Smersh” harbiy kontrrazvedka idoralariga Gitlerni va natsistlar Germaniyasining boshqa rahbarlarini topish va hibsga olish vazifasi qo‘yilgan.

Harbiy kontrrazvedka xodimlari 1-Belarus frontining ilg‘or bo‘linmalari tarkibida Reyxstag va Reyx devoniga bostirib kirgan. Bu yaxshi mustahkamlangan beton yer osti bunkeri bo‘lgan. Adolf Gitler va propaganda vaziri Yozef Gebbels urushning so‘nggi oylarida u yerda yashiringan. 

Qayd etilishicha, 1945 yil 2 mayda ushbu bunker qo‘lga olingan va u yerda bo‘lgan SS xodimlari “Smersh” xodimlari tomonidan hibsga olingan. Shundan so‘ng ular “Uchinchi reyx”ning oliy rahbarlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot to‘plashni boshlagan. 

Natsist fyurerning so‘nggi kunlarining guvohlari orasida “Sitadel” sektori mudofaa boshlig‘i Vilgelm Monke, Gitlerning shaxsiy qo‘riqchilari boshlig‘i Xans Rattenxuber, katta kamerdiner Geyns Linge, shaxsiy ad’yutant Otto Gyunsshe bo‘lgan. Ulardan tashqari Gitlerning shaxsiy uchuvchisi Xans Baur ham bo‘lgan. 

Gitlerning o‘limi holatlari bo‘yicha ularning takroriy so‘roqlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Markaziy arxivi, Rossiya Federatsiyasi Davlat arxivi materiallarida, shuningdek, alohida tergov ishlarida saqlangan. 

Guvohlarga ko‘ra, Adolf Gitler va bir kun oldin u bilan turmush qurgan Yeva Braun 1945 yil 30 aprelda o‘z joniga qasd qilgan. Ertasi kuni – 1 mayda ularning ortidan Yozef va Magda Gebbels “ergashgan”. 

Ma’lumki, 1945 yil 13 mayda Reyx kansleri bog‘ida 79-o‘q korpusining “Smersh” kontrrazvedka bo‘limi xodimlari Gitler va Yeva Braunning kuygan jasadlari dafn etilgan joyni topgan. Ularning haqiqiyligi ko‘plab sud-tibbiy ekspertizalar tomonidan tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Gitler

Baholaganlar

1847

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing