Polyaklar Gitlerni jahon urushini boshlashga majburlagan – Putin 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida polyaklar 1939 yilda Ikkinchi jahon urushini boshlashga Adolf Gitlerni “majbur qilgani” haqida aytib o‘tgan.

Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Putinning ayblovlariga o‘z munosabatini bildirdi.

Shuningdek, Sikorskiy amerikalik jurnalist Taker Karlson Putinning cho‘pchaklarini tarqatayotganidan hayratdaligini ta’kidladi.

“Rossiya diktatori Vladimir Putin 1939 yil 17 sentyabrda SSSR tomonidan bosib olingan Polshani urush boshlaganlikda birinchi marta ayblayotgani yo‘q. Biz Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirishini paranoik tarzda oqlashga urinishiga o‘rganib qolganmiz. Bu safar amerikalik jurnalist ham bunga qo‘shilganidan hayron qoldik”, deb yozgan Sikorskiy.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Putin Zelenskiyni otasiga o‘xshamaganini tanqid qilgani haqida yozgandik.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Putin Gitler Pol'yaklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing