Gipertoniyani “chaqiruvchi” mahsulotlar aytildi
Salomatlik
−
04 Oktabr 2021 10008 1 daqiqa
Sosiska, kolbasa, chuchvara va yarim tayyor mahsulotlar gipertoniyaga olib kelishi mumkin. Bu haqda rossiyalik shifokor-kardiolog Sergey Ivanov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarida tuzni kamroq ishlatish kerak, yarim tayyor mahsulotlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmaslik kerak, chunki ortiqcha tana og‘irligi kasallikka olib keladi.
“Agar noto‘g‘ri mahsulotlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular: tarkibida ko‘p yog‘ bo‘lgan sosiskalar, kolbasa, chuchvara”, deb tushuntirgan Ivanov.
Kardiolog ikkinchi toifa diabetni qo‘zg‘atishi sababli tez hazm bo‘ladigan uglevodlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishdan voz kechishni maslahat bergan.
“Bundan tashqari, hayvon yog‘lari bo‘lgan mahsulotlarni kamroq iste’mol qilish kerak”, degan shifokor.
Ivanov ratsionga to‘liq oqsilga boy mahsulotlar: sabzavotlar, go‘sht va baliqlarni kiritishni taklif qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025