Gidrometeorologiya sohasi bo‘yicha O‘zMUda yangi fakultet va texnikum tashkil etiladi – Prezident qarori

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 17 noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Qarorga muvoyfiq: 

•    2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi 

•    2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha“yo‘l xaritasi”;

•    O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi kuzatuv tarmog‘ini kengaytirish va avtomatlashtirish bo‘yicha dastur tasdiqlandi. 

Dastur 2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi o‘rinlarda – O‘zgidromet) uchun nazarda tutilgan Davlat byudjeti mablag‘lari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, O‘zgidromet O‘zbekiston Respublikasida gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda. 

O‘zgidromet Markaziy Osiyo davlatlari uchun Jahon meteorologiya tashkilotining Mintaqaviy ixtisoslashtirilgan meteorologiya markazi, shuningdek, Jahon meteorologiya tashkiloti Jahon ob-havo xizmatining gidrometeorologik ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish va tarqatish bo‘yicha Mintaqaviy telekommunikatsiya markazi funksiyalarini bajaradi. 

Shuningdek, O‘zgidromet huzuridagi “Meteoinfosistem” axborot-texnik boshqarmasi negizida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tashkil etiladi:

•    Meteoinfokom xodimlariga O‘zgidromet xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va mukofotlash tartibi qo‘llaniladi;

•    Meteoinfokomni joriy saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlari mehnatini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat byudjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Toshkent gidrometeorologiya kolleji negizida Toshkent gidrometeorologiya texnikumi tashkil etiladi. 

Texnikum gidrometeorologiya sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy o‘quv muassasasi, meteorologiya, gidrologiya, gidrometeorologiyada aloqa va kommunikatsiyalar sohasida kasb-hunar ta’limi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish uchun mas’ul etib belgilandi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zgidrometda gidrometeorologiya, xavfli gidrometeorologik hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish, aviatsiyaga meteorologik xizmat ko‘rsatish va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning Toshkent gidrometeorologiya texnikumida dastur asosida malakasini oshirish tartibi joriy etiladi. 

“Gidrometpribor” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tugatiladi. 

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

a) O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlarining lavozim maoshlarini hisoblashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlari uchun belgilangan tarif koeffitsiyenti ikki baravar oshirilgan holda qo‘llaniladi;

b) O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlariga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun quyidagi miqdorda oylik ustama haq to‘lanadi (belgilangan ustamalarni hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

2 yildan 5 yilgacha – 0,2; 5 yildan 10 yilgacha – 0,3; 10 yildan 15 yilgacha – 0,4; 15 yildan 20 yilgacha – 0,5; 20 yildan 25 yilgacha – 0,6; 25 yildan ortiq – 0,7.

Bunda, sohada uzoq muddat xizmat qilganlik uchun ish haqiga ustama haq olish huquqini beradigan mehnat stajini hisoblashda O‘zgidromet va uning tizim tashkilotlaridagi ish staji inobatga olinadi.

Belgilansinki, ushbu bandda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq, shuningdek, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bino va inshootlarini saqlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakultetini tashkil etiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori O'zgidromet

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing