Dam olish kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin
Bu qiziq
−
05 dekabr 4249 3 daqiqa
O‘zgidromet 6-9 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 9 dekabrda kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 va 9 dekabrda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, 8 dekabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-8 dekabrda 8-13 daraja iliq, 9 dekabrda 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-7 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 8 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 9 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 6 dekabrda ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 6 va 8-9 dekabrda 10-15 daraja iliq, 7 dekabrda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 6-8 dekabrda 6-11 daraja iliq, 9 dekabrda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 8 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8 dekabrda kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 9 dekabrda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi