GGG Xalqaro boks shon-sharaf zaliga kiritildi
Sport
−
05 dekabr 1027 1 daqiqa
Qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin, amerikalik Antonio Tarver va britaniyalik Nayjel Benn 2026 yilda Xalqaro boks shon-sharaf zaliga kiritildi. Bu haqda “Ring Magazine” xabar berdi.
Golovkin bu sharafga sazovor bo‘lgan birinchi qozog‘istonlik bokschi bo‘ldi, sobiq ittifoq bokschilari orasida esa to‘rtinchi. Ilgari Konstantin Szyu va aka-uka Klichkolar shon-sharaf zaliga kiritilgan edi.
GGG 350 ta havaskor janglarda qatnashib, shundan 345 tasida g‘alaba qozongan. U jahon chempioni va Olimpiada kumush medali sovrindori hisoblanadi hamda uzoq yillar davomida Qozog‘iston terma jamoasi yetakchilaridan biri bo‘lgan.
Professional sifatida Golovkin o‘rta vazn toifasida IBF, WBA va IBO chempionlik unvonlariga ega bo‘lgan. U 45 ta professional jang o‘tkazib, 42 tasida g‘alaba qozondi, shundan 37 tasi nokaut bilan yakunlagan.
Golovkinning to‘qqiz yillik ketma-ket 23 ta nokautli g‘alabasi o‘rta vazn toifasidagi tarixdagi eng uzun seriya hisoblanadi. U o‘rta vazn chempionlik unvonini 21 marta muvaffaqiyatli himoya qilgan bo‘lib, bu rekord sifatida qayd etilgan. Uning muddatidan oldin g‘alaba qozonishi 90 foizdan oshishi Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gennadiy Golovkin World Boxing prezidentligiga saylanishi haqida xabar berilgan edi.