Tergovda chiridim, tishlarim to‘kilib ketdi – “Sanjik” sud adolatsiz o‘tganini aytdi
3-sahifa
−
08 may 3371 1 daqiqa
Bugun, 8 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan sud muhokamalari yakuniga yetdi. Sudlanuvchi Karimovga sud hukmi o‘qildi.
Unga ko‘ra, ayblanuvchi Karimovga nisbatan, jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi hamda BHMning 410 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Shuningdek, hukmda jabrlanuvchi Shahlo Alimbayevaga yetkazilgan moddiy zarar qoplangani e’tirof etildi. Bundan tashqari jabrlanuvchi Alimbayeva va Rahmatullayevaga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat etish huquqlari tushuntirildi.
Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali ushbu videoni tomosha qiling.
Live
Barchasi