Bill Geyts koronavirus bilan bog‘liq xavotirli taxminini ochiqladi
Olam
−
16 Oktabr 2020
12622Microsoft asoschisi Bill Geyts koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat yozdagidan yomon bo‘lishi mumkin degan fikrda. Bu haqda u “Politico” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Infeksiyalar soni ko‘paymoqda va sovuq ob-havoning boshlanishi bilan odamlar ko‘proq uyda bo‘lishadi, bu esa virusni yuqtirish imkoniyatini oshiradi”, deydi milliarder.
Geyts AQSHda hozircha vaksina yo‘qlishini qo‘shimcha qilib, COVID-19 tarqalishiga qarshi oddiy qoidalariga rioya qilishgina yordam berishini ta’kidladi.
“Niqob taqish, ommaviy tadbirlarga bormaslik, ijtimoiy masofaga amal qilish, qo‘llarni yuvish”, deya sanagan u.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri, dunyo bo‘ylab 38 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasiga chalingan. Bir milliondan ortiq bemor vafot etgan. Eng ko‘p kasallanish AQSH, Hindiston va Braziliyada kuzatilmoqda.
LiveBarchasi