Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi viza berishni to‘xtatdi

Jamiyat

image

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi “tashqi siyosiy vaziyat” tufayli viza berishni noma’lum muddatga to‘xtatdi. Bu haqda diplomatik missiya saytida xabar berilgan.

“Hozirgi tashqi tashqi siyosiy vaziyat tufayli Toshkentdagi elchixonaning viza bo‘limi keyingi ogohlantirishga qadar yopiladi”, deyiladi elchixona xabarida.

Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida o‘tkazilishi belgilangan uchrashuvlar ham darhol, bekor qilinadi.

Qayd etish kerakki, hozirda Germaniya o‘z fuqarolari va afg‘onlarni Qobuldan O‘zbekiston hududi orqali olib chiqish operatsiyasini davom ettirmoqda. Germaniya tomoniga ko‘ra, operatsiya boshlanganidan buyon O‘zbekiston poytaxtiga 1000 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing