Germaniyaning Ukrainadagi asosiy maqsadi Rossiya chegaralarini kengaytirishiga yo‘l qo‘ymaslik – Olaf Shols
Olam
−
28 yanvar 2023
9170Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakatning Ukrainadagi asosiy maqsadi Rossiya chegaralarini yanada kengaytirishiga yo‘l qo‘ymaslik ekanini aytdi. Bu haqda u hukumat saytidagi videomurojaatida ma’lum qilgan.
“Rossiya o‘z chegaralarini kuch bilan kengaytirmasligi kerak”, deydi Shols.
Shuningdek, u Ukrainadagi mojaroda Germaniya amal qiladigan uchta tamoyilni aytib o‘tgan.
“Birinchi navbatda, mamlakat insonparvarlik yordamini davom ettiradi, Germaniya ham Kiyevni moliyaviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Berlin urush kuchayishining oldini oladi, Rossiya va NATO o‘rtasida urush bo‘lmasligi kerak”, deydi kansler.
Bundan tashqari, Germaniya kansleri o‘z mamlakati xalqiga Ukraina bo‘yicha barcha qarorlarni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish va ularni faqat hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirishga va’da bergan.
“Ko‘pchilik fuqarolar juda xavotirda. Albatta, siz Yevropada tinchlik bo‘lishini, urush yaqinlashmasligini xohlaysiz”, deydi hukumat rahbari bayonotida.
Shu bilan birga, Shols nemislardan rasmiylarga ishonishlarini so‘rab, ular xavfsiz bo‘lishlarini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi