Germaniyaning Merkeldan keyingi kansleri kim bo‘lishi oydinlashdi

Olam

−

image

Germaniya Federativ Respublikasining yangi federal kansleri Olaf Shols bo‘ladi. Bungacha mamlakatni 2005 yildan beri Angela Merkel boshqarib kelayotgandi.

Germaniya parlamentidagi partiyalar nihoyat koalitsiya shartnomasini tuzdilar. Koalitsiya tarkibiga quyidagilar kiradi: Sotsial-demokratik partiya, Yashillar va Erkin demokratlar. Angela Merkelning Xristian-demokratik ittifoqidan yangi Vazirlar Mahkamasiga hech kim olinmagan. Endi “merkelchilar” – muxolifat.

Jurnalistlar deyarli ikki yuz sahifadan iborat va Germaniyaning 2025 yilgacha qanday rivojlanishini batafsil tasvirlab beruvchi koalitsiya paktiga e’tibor qaratishgan.

Ma’lumot uchun, Olaf Shols 63 yoshda. O‘z vaqtida u vitse-kansler va Moliya vaziri bo‘lgan. Oilali, farzandlari yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing