Germaniyaning mag‘lubiyati Ekvadorni ham pley-offga olib chiqdi
Sport
−
26 iyun 6097 1 daqiqa
Bugun, 26 iyun kuni Ekvador terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Germaniyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Uchrashuv AQSHning Nyu-Jersi shtati, Ist-Raterford shahridagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Ekvadorliklar safida Nilson Angulo 9-daqiqada, Gonsalo Plata esa 77-daqiqada gol urdi. Germaniya terma jamoasining yagona goliga 2-daqiqada Leroy Sane mualliflik qildi.
Ushbu g‘alaba orqali Ekvador 4 ochko bilan “E” guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Germaniya 6 ochko bilan birinchi, Kot-d’Ivuar ham 6 ochko bilan ikkinchi, Kyurasao esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rindan joy oldi.
Musobaqa nizomiga ko‘ra, har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni olgan 12 terma jamoa orasidagi eng yaxshi sakkizta jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Ekvador uchinchi o‘rin egallagan jamoalar orasidagi eng yaxshi sakkitalikdan joy olishi kafolatlandi. Hozirda Lotin Amerikasi vakillari bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr