Germaniyadagi shifoxonaga o‘t ketdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 2 iyul kuni Germaniya shimolidagi Lyudvigslyust shahri shifoxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “dpa” xabar berdi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning ikkalasi ham tibbiyot muassasasi bemorlari bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida jiddiy shikastlanganlar yo‘q.

Yong‘in shifoxona palatalaridan birida boshlangani dastlabki bosqichda aniqlangan, biroq halok bo‘lgan ikkala shaxs ham bir xonada bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan ertalab soat taxminan 04:30 larda sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgach, bemorlar va xodimlar binodan evakuatsiya qilingan.

Tongga yaqin besh qavatli bino tomi ustida quyuq tutun va alanga ko‘tarilgan. Shifoxona hududida evakuatsiya qilingan bemorlar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi issiq yopinchiqlarga o‘rab qo‘yilgan.

Bemorlarning bir qismini xodimlar g‘ildirakli karavotlarda olib chiqqan, ba’zilari esa binoni mustaqil ravishda tark eta olgan. Boshqalar esa klinika yaqinidagi nogironlar aravachalarida yoki skameykalarda yordam kutgan.

Shifoxona ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot muassasasi 160 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Lyudvigslyustdagi mintaqani asosiy tibbiy xizmat bilan ta’minlaydigan yagona shifoxona hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belgiyaning Antverpen shahrida joylashgan ko‘p qavatli turarjoy binosida chiqqan kuchli yong‘in oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing