Germaniyada temiryo‘lchilar ham bosh ko‘tardi
Olam
−
10 yanvar
5799Germaniyaning GDL poyezd haydovchilari kasaba uyushmasi asosiy davlat temiryo‘l operatori Deutsche Bahn bilan ish vaqti va ish haqi bo‘yicha kelishmovchiliklar sababli bugun, 10 yanvar kuni ertalab uch kunlik ish tashlashni boshladi. Bu haqda “Deutshche Welle” xabar berdi.
"GDL haydovchilari kasaba uyushmasining ish tashlashi Germaniyadagi temiryo‘l xizmatlariga katta ta’sir ko‘rsatdi", deydi Deutsche Bahn matbuot kotibi Anna Bruker.
Norozilik 12 yanvar kuni soat 18:00 gacha davom etishi kerak. Qayd etilishicha, mamlakatda shaharlararo temiryo‘l harakati deyarli to‘xtagan.
Deutsche Bahn ma’lumotlariga ko‘ra, shaharlararo poyezdlarning taxminan 20 foizi ishlamoqda. Berlin va boshqa shaharlarda esa ko‘plab mintaqaviy va shaharlararo yo‘nalishlar uzilgan.
GDL poyezd mashinistlari ish haqini oshirishni, smenali ishchilar esa ish vaqtini haftasiga 38 soatdan 35 soatgacha qisqartirishni talab qilmoqda. Deutsche Bahn bu talablarni bajarish imkonsiz, deb hisoblamoqda.
Germaniya Transport va raqamli infratuzilma vaziri Volker Vissing tomonlarni muzokara stoliga qaytishga chaqirdi.
"Ikkala tomonning kelishib olish yo‘lini topishimiz kerak. Bu o‘zaro gaplashish demakdir", deydi u.
Biroq kasaba uyushmasi rahbari Klaus Veselskining aytishicha, agar Deutsche Bahn 12 yanvarga qadar kasaba uyushmasi talablarini qondiradigan taklifni taqdim qilmasa, GDL a’zolari tanaffusga chiqib, keyin yangi norozilik harakatini boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 8 yanvar kuni Germaniyada fermerlar norozilik haftaligi boshlagandi. Ular hukumatning qishloq xo‘jaligi subsidiyalarini qisqartirishiga qarshi chiqqandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr