Germaniyada samolyot uy ustiga qulab tushdi. Qurbonlar bor
Olam
−
31 may 5643 1 daqiqa
Bugun, 31 may kuni Germaniyaning g‘arbiy qismida yengil motorli samolyot yashash uyiga qulab tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga dvigatelning nosozligi sabab bo‘lgan. Bu hodisa bahor boshidan beri mintaqadagi ikkinchi shunday fojia sanaladi.
Fojia tushdan keyin, Dyusseldorf shahrining g‘arbida joylashgan Korshenbrox shahri hududida sodir bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri samolyotni boshqargan ayol uchuvchi bo‘lgan. Tarqalgan suratlardan ko‘rinishicha, samolyot xususiy yashash uyiga qulab tushgan va hodisa joyida yong‘in chiqqan.
“Bild” gazetasi xabariga ko‘ra, qulashdan oldin uchuvchi dispetcherlarni dvigateldagi muammo haqida ogohlantirgan va eng yaqin aerodromga favqulodda qo‘nish so‘ragan.
“Rheinische Post” gazetasining yozishicha, joriy yilning mart oyida ham aynan shu hududda shunga o‘xshash fojia yuz bergan. O‘shanda yengil motorli samolyot Pletternberg shahrida yashash uyi bog‘iga qulab tushgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Kaliforniya shtati San-Diyego hududida kichik xususiy samolyot uy ustiga qulab tushgandi. Camolyot Sound Talent Group musiqa agentligining hammuassisi Deyv Shapiroga tegishli bo‘lgan. U halokat oqibatida vafot etgan.
Live
Barchasi