Germaniyada samolyot tumshug‘i ko‘tarilgancha muzlab qoldi

Olam

image

Dubaydagi iqlim sammitiga borishi kerak bo‘lgan samolyot kuchli yog‘ingarchilik tufayli Myunxen aeroportini tark eta olmadi. Bu haqda SHOT Telegram-kanali xabar berdi. 

E’lon qilingan videodagi kadrlardan ko‘rinib turibdiki, samolyot g‘ildiraklari qor yog‘ishi oqibatida yerdagi muz bo‘laklariga yopishib, muzlab qolgan va uning dum qismi egilib qolib, tumshuq qismi ko‘tarilgancha qolib ketgan.

Samolyot muvozanatini tiklash uchun voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. 

Mamlakatning ikkinchi eng gavjum tayyoragohi bo‘lgan Myunxen aeroporti yomon ob-havo tufayli bir nechta reyslarni bekor qildi. Bir kun avval Germaniya janubida kuchli qor yog‘di. Butun mintaqada jamoat transporti ham to‘xtab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya samolyot Myunxen aeroporti ShOT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made