Germaniyada otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
29 iyun 2541 1 daqiqa
Bugun, 29 iyun kuni Germaniyaning shimolidagi Shtade shahrida joylashgan Yoshlar ijtimoiy ta’minoti muassasasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Dankershtrasse ko‘chasida joylashgan Yoshlar ijtimoiy ta’minoti muassasasi tarkibida homilador ayollar hamda bolali yosh onalar uchun vaqtinchalik turarjoy ham mavjud.
Politsiya ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. Ulardan biri o‘q uzgan shaxs ekani taxmin qilinmoqda. Hozirda hodisaning sabablari va tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Otishma oqibatida yana bir necha kishi jarohat olgan, biroq ularning aniq soni ochiqlanmagan.
Voqea joyi yaqinida yashovchi Vitaliy Mertensning aytishicha, u otishma paytida o‘q ovozlarini eshitgan.
“Butun hudud darhol o‘rab olindi. Politsiya meni bu yerdan ketishga majbur qildi”, degan u.
Huquq-tartibot idoralari hodisadan so‘ng aholi uchun xavf mavjud emasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Kaliforniya shtati shimolidagi kutubxonada yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi