Koronavirus mutatsiyalari Germaniyaga “hujum qilmoqda”
Olam
−
23 fevral 2021
4849Germaniyada koronavirus mutatsiyasini yuqtirganlar soni keskin oshib ketdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma’lum qilgan.
"Raqamlar yana o‘sib bormoqda, yanada xavfli va yuqumli mutatsiyalarning ulushi ortmoqda, B117 mutatsiyasining ("britancha" shtamm) ulushi yangi holatlarning 20-25 foizini tashkil qiladi", degan Zaybert.
Unga ko‘ra, bu ulush yana ko‘payib borishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Germaniyada 2,3 million kishi koronavirus bilan kasallangan, 2,2 million kishi sog‘ayib ketgan va 68 ming kishi vafot etgan.
LiveBarchasi