Germaniyada qochqinlar soni rekord darajada ko‘paydi
Olam
−
28 may 2025 3373 2 daqiqa
Germaniyada qochqinlar soni bir yil ichida 124 ming kishiga oshib, 3,5 millionga yetdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil holatida mamlakatda ro‘yxatga olingan qochqinlar soni rekord darajada – 3,55 million kishiga yetgan. 2023 yilda bu raqam 3,42 million tashkil etgan.
Ular orasida 1,2 million kishi Ukrainadan kelgan va Germaniyada tegishli maqomni olgan. Shuningdek, 710 ming kishi Jeneva konvensiyasiga muvofiq rasmiy qochqin deb tan olingan, 43 ming kishi esa boshpana olish huquqiga ega sifatida tan olingan. Yana 197 ming kishini deportatsiya qilish taqiqlangan, ularning 130 mingga yaqini Afg‘onistondan kelgan.
Germaniyadagi so‘l partiya deputati Klara Byungerning aytishicha, 2023 yilda Germaniyaga 124 ming qochqin kelgan, ularning 108 ming nafari ukrainaliklar sanaladi. Shuningdek, 200 ming kishi rasmiy ravishda mamlakatni tark etishi kerak, biroq hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 178 ming nafari hali ham vaqtinchalik maqomda Germaniyada qolmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28 may kuni Germaniya parlamentida migratsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgan ikki qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish rejalashtirilgan. Ulardan birinchisi yuqori darajadagi integratsiya holatida uch yil ichida fuqarolik olish imkoniyatini bekor qiladi.
Ikkinchi qonun loyihasiga ko‘ra, cheklangan himoya maqomiga ega bo‘lgan qochqinlar o‘z oilalarini Germaniyaga ikki yil davomida olib kela olmaydi. Faqat og‘ir oilaviy sharoitlarda istisnolar qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt 15 may kuni noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun dronlar, vertolyotlar va termal tasvir kameralarini joylashtirgani haqida xabar berilgandi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya chegara nazoratiga jalb qilingan politsiya xodimlari sonini 11 ming kishidan 14 ming kishiga oshirgan.
Live
Barchasi