Germaniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topildi

Olam

image

Kecha, 17 aprel kuni Germaniyaning Kyoln shahrida Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topildi. Bu haqda shahar hokimiyati rasmiy saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, bombani quruvchilar ish olib borayotgan paytda topib olgan. Xavfli topilma jamoat transporti va ayrim muassasalar ishini to‘xtatib qo‘ygan.

Uzoq muddatdan beri portlamagan bombaning og‘irligi taxminan 227 kilogrammni tashkil etgan. Xavfli hududda sudlar, shahar arxivi va turarjoy binosi joylashgan. Nemis ommaviy axborot vositalarining yozishicha, xavfli hududning radiusi taxminan 500 metrni tashkil etadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu xavfli deb topilgan hududdan 7 ming 800 ga yaqin kishi evakuatsiya qilish rejalashtirilgan.  U yerda o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish xizmati va shahar ma’muriyati xodimlari ishlayotgani aniqlangan.

Hozircha bomba muvaffaqiyatli zararsizlantirilgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya poytaxti Parij shahridagi Shimoliy vokzal yaqinida Ikkinchi jahon urushiga oid portlamagan bomba aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ikkinchi jahon urushi bomba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing