Germaniyada ikki ekofaol qo‘lini asfaltga yelimlab, norozilik bildirdi (video)

Olam

image

Germaniyaning Berlin shahrida ikki ekofaol qiz qo‘llarini yelim orqali asfaltga yopishtirib, atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi norozilik bildirdi. Buning uchun ular beton va epoksi (yelimlash vositasi) aralashmasidan foydalangan, deb taxmin qilimoqda.

Manbalarda yozilishicha, inson ushbu aralashmani oyoq-qo‘llariga zarar bermagan holda ajrata olmaydi, ularni kesib tashlash kerak bo‘ladi.

Umuman olganda, butun dunyodagi ekofaollar insoniyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri – iqlim o‘zgarishi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida bunday usuldan foydalanadi.

Ma’lumot uchun, germaniyaliklar bunaqa holatga birinchi marta duch kelayotgani yo‘q. 2022 yilning kuz faslida Myunxen shahrida iqlim faollari o‘zini asfaltga yelimlab olgandi. Shuningdek, Berlinda o‘tkazilgan namoyishda bir ekofaol qo‘l izini asfaltga qoldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya norozilik ekofaol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing