Germaniyada ba’zi karantin cheklovlari olib tashlandi

Olam

image
Merkel koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonilganini e’lon qildi north_east

Merkel koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonilganini e’lon qildi

Germaniya Federativ Respublikasida 20 apreldan boshlab maydoni 800 kv.m.gacha bo‘lgan kichik do‘konlar, kitob do‘konlari, avtoulovlar hamda velosiped sotish va ta’mirlash ustaxonalari ochiladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tegishli kundan boshlab Germaniyadagi yana qator muassasalar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, grammatika maktablari, boshlang‘ich maktablar va kasb-hunar maktablarining bitiruv sinflaridagi mashg‘ulotlar 4 maydan boshlanadi. Attestat imtihonlari o‘z vaqtida o‘tkaziladi. Shu bilan bir qatorda, barcha sanitariya qoidalarga rioya qilgan holda universitet kutubxonalari ham ochiladi.

Shuningdek, 4 maydan boshlab sartaroshlar o‘z ishlarini davom ettiradilar, ammo ular shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishni ta’minlashlari kerak. Go‘zallik salonlari, massaj xonalari va o‘zaro aloqa talab qiladigan boshqa kosmetika muassasalari hozircha yopiqligicha qolmoqda. Fitnes va sport klublari ham ishlamaydi.

Ma’lumot uchun, Germaniyada pandemiya bilan bog‘liq cheklov choralari mart oyining o‘rtalaridan boshlab kuchga kirdi. Bu vaqt ichida mamlakatda koronavirus bilan kasallanish sonining o‘sishi sekinlashdi va tuzalganlar soni o‘sishni boshladi. Shu munosabat bilan rasmiylar ta’qiqlarni qisman yengillashtirishga qaror qilishdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus bilan bog‘liq 145 743 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 91 500 nafari sog‘aygan, 4 642 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 49 601 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin choralari Koronavirus Gepmaniyada

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing