Germaniyada Angela Merkelga otliq haykal o‘rnatildi
Olam
−
10 Oktabr 2021
11408Joriy yilning 8 oktyabr kuni germaniyalik haykaltarosh Vilgelm Kox mamlakat kansleri Angela Merkelning otliq haykalini namoyish qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“Spiegel” nashriga ko‘ra, bu asar 2022 yilning yoziga qadar Bavariyadagi “Tempel-Museum” muzeyi oldida namoyish etiladi.
Qayd etilishicha, haykalning balandligi 2,7 metr bo‘lib, u 3D pechat (bosma) yordamida yasalgan. Germaniya Federativ Respublikasi kansleri minib olgan ot “Amerikaning kvoterxors” zotiga mansub bo‘lib, qisqa masofalarga yugurishga mo‘ljallangan.
“Merkel xonim imijining tafsilotlarini deyarli hamma biladi: sochlari, kiyimlari, turishi va qo‘llari. Payshanba kuni Merkel xonimni (haykal nazarda tutilgan) muzey oldiga yuklaganimizda, yo‘l yonidagi ayol uni darhol tanidi va chin dildan kuldi”, deydi Kox.
U, shuningdek, haykalning poydevori yo‘qligini Angela Merkelning kamtarligi bilan izohladi. Germaniya kanslerining egar va jilovi yo‘q, katta siyosatdan ketayotgani sababli “unga bular kerak emas”.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 26 sentyabr kuni Germaniyada mamlakat parlamenti – Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Amaldagi kansler, XDS sobiq rahbari Angela Merkel saylovlarda ishtirok etmadi. U hukmron koalitsiya tuzilib, yangi kansler tayinlangandan keyin o‘z lavozimini tark etadi. Bu jarayon esa 1 oydan yarim yilgacha vaqt talab qilishi mumkin.
LiveBarchasi