Germaniya Yevro-2024 uchun qaydnomasini ma’lum qildi

Sport

image

Germaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionati uchun tarkibini e’lon qildi. Hozirda “bundestim” tarkibidan 27 nafar futbolchi joy olgan, biroq yakuniy qaydnomaga faqat 26 nafar futbolchini kiritish mumkin bo‘ladi.

E’tiborlisi, Germaniya terma jamoasi safida Mats Hummels, Leon Goretska, Niklas Zyule va Yulian Brandt kabi futbolchilar yo‘q.

Darvozabonlar: Oliver Baumann, Manuel Noyer, Aleksandr Nyubel, Mark-Andre ter Shtegen.

Himoyachilar: Valdemar Anton, Bendjamin Xenrixs, Yozua Kimmix, Robin Kox, Maksimilian Mittelshtedt, David Raum, Antonio Ryudiger, Niko Shlotterbek, Jonatan Ta.

Yarim himoyachilar: Robert Andrix, Kris Fyurix, Paskal Gros, Ilkay Gyundogan, Toni Kroos, Jamal Musiala, Aleksandar Pavlovich, Leroy Zane, Florian Virs.

Hujumchilar: Maksimilian Bayer, Niklas Fyullkrug, Kay Xavers, Tomas Myuller, Deniz Undav.

Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Yevropa chempionati Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir 14 iyundan 14 iyulga qadar davom etadi. Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa 1/8 finalga yo‘l oladi. Turnirning pley-off bosqichi Olimpiya tizimi bo‘yicha musobaqada mag‘lub bo‘lgan jamoalarni chiqarib tashlash bilan o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing