Germaniya o‘z Konstitutsiyasidan “irq” so‘zini olib tashlashga ahd qildi
Olam
−
02 noyabr 2020
4154Germaniya hukumati mamlakat Konstitutsiyasidan “irq” so‘zini olib tashlamoqchi. Bu haqda Germaniya adliya vaziri Kristin Lambrecht ma’lum qildi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari "insoniyatning har xil irqlari yo‘q", degan fikrga kelishdi. Ma’lum qilinishicha, irqchilikka qarshi kurashish maqsadida ushbu atama Germaniya Asosiy Qonunidan olib tashlanib, boshqasi bilan almashtiriladi.
“Asosiy Qonunda hech kimni irqiga qarab kamsitish mumkin emasligi ta’kidlangan (...). Biroq, qayerda har xil irqlar haqida gap ketayotgan bo‘lsa, xurofot va irqchilik tashviqoti, ayniqsa, mashhurlashib bormoqda", dedi Lambrecht.
Uning ta’kidlashicha, ushbu o‘zgartirish 1949 yilda qabul qilingan qonunga nisbatan qo‘llanilgan. O‘shanda konstitutsiyani ishlab chiquvchilar natsistlarning irqiy mafkurasidan uzoqlashishni istagan edi. Ammo endi bu atamani qo‘llash "tushunmovchiliklarga olib kelishi", mumkin.
LiveBarchasi