Germaniya urushga tayyorlanmoqchi

Olam

image

Yaqin Sharqdagi qurolli mojaro va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Yevropani ham urushga tortishi mumkin. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Boris Pistorius ZDF telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius nemis armiyasini urushga yaroqli holga keltiradigan qurolli kuchlarni tuzilmaviy isloh qilish rejalarini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, shu bois ham Germaniya o‘zini himoya qila olishi kerak.

“Yevropada urush bo‘lishi mumkin, degan gapga ko‘nikishimiz kerak. Bu Bundesverga ham, jamiyatga ham tegishli. Biz urushga tayyor bo‘lishimiz kerak", degan Pistorius.

Bildirilishicha, ayni paytda Bundesverning yagona tezkor qo‘mondonligini yaratish rejalashtirilmoqda. Unga to‘rt turdagi qo‘shinlar – quruqlikdagi armiya, havo kuchlari, dengiz floti va kiber hamda axborot mudofaa kuchlari bo‘ysunadi. Yangi, to‘rtinchi turdagi qo‘shinlar dezinformatsion kampaniyalarga qarshi kurashadi va Bundesver tarmoqlarini xakerlik hujumlaridan himoya qiladi. Bundan tashqari, yordamchi qo‘mondonlik tuziladi, ular sanitariya va logistika bo‘linmalariga rahbarlik qiladi.

"Islohotning maqsadi – Bundesverni favqulodda, mudofaa va urush holatlarida ham optimal tarzda tayyorlaydigan tarzda qayta qurish", degan Pistorius.

Shu bilan birga, u barcha o‘zgarishlardan maqsad armiyani urushga tayyorlash ekanini yashirmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing