Germaniya Ukrainaning barcha istaklarini bajara olmaydi – Berlin

Olam

image

Germaniya Ukrainaga qurol-yarog‘ bilan yetarli darajada yordam bermoqda, biroq u Kiyevning har bir talabini bajara olmaydi. Bu haqda Germaniya vitse-kansleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek ma’lum qildi

“Germaniya yaqin kelajakda PzH 2000 o‘ziyurar gaubitsalarini Kiyevga yetkazib beradi, biroq Germaniya Ukrainaning barcha istaklarini bajara olmaydi”, deydi Xabek.

Uning fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi “munosabatlardagi keskinlik” ham qurol-yarog‘ muammosi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andrey Melnik Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishdagi kechikishlar tufayli Germaniya kansleri Olaf Sholsni qarorsizlikda ayblagandi. 

U bundan avval ham Olaf Sholsni Ukrainaga borishdan bosh tortgani uchun “hafa bo‘lgan kolbasa” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing