Germaniya Ukrainaga havo mudofaa tizimini topshirdi
Olam
−
01 may 2023 6439 1 daqiqa
Bugun, 30 aprel kuni Germaniya Ukrainaga ikkinchi Iris-T SLM zenit-raketa majmuasini topshirdi. Bu haqda Germaniya federal hukumati saytida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, Germaniya Iris-T SLM zenit-raketa majmuasi bilan birga sakkizta Zetros yuk mashinasi va ikkita 8x6 konteyner tashish mashinasini ham yetkazib bergan.
Shuningdek, federal hukumat 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 24 aprelgacha bo‘lgan davrda harbiy tovarlarni eksport qilish uchun berilgan individual litsenziyalarning umumiy qiymati 3 milliard yevroga yaqinlashganini ma’lum qilgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, Federal hukumat tovarlar yetkazib berilmaguncha qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etmasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya Ukrainaga to‘rtta Iris-T SLM havo mudofaa tizimini yetkazib berishni va’da qilgan bo‘lib, ulardan birinchisi o‘tgan yilning oktyabrida topshirilgandi. Yaqinda esa Ukrainaga AQSH, Germaniya va Niderlandiyadan Patriot havo mudofaa tizimlari yetib keldi. Daniya va Niderlandiya birgalikda 14 ta Leopard 2 tankini Ukrainaga topshirishni ma’qulladi. Mart oyida esa uchta Dachs zirhli ekskavatori, 70 ta MG3 pulemyoti, Leopard 2 tanklari va Marder jangovar mashinalari uchun ehtiyot qismlar, shuningdek, 30 ta dronlarni aniqlash tizimini topshirdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr