Germaniya Ukraina energetikasi uchun 170 mln yevro beradi

Olam

image

Germaniya hukumati tomonidan Ukraina energetika sektorini tiklash uchun Kiyevga 170 million yevro o‘tkaziladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 26 sentyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasida o‘tkazilgan majlisida Germaniya hukumati vakilli Shteffen Xabestrayt Kiyevga energetika infratuzilmasini tiklash uchun 170 million, harbiy yordam uchun esa 400 million yevro ajratilishini ma’qulladi.

Uning aytishicha, Rossiyaning zarbasi Ukraina shaharlari va energetika sohasiga katta zarar yetkazdi, shuning uchun pul imkon qadar tezroq ajratiladi.

“Yig‘ilish ishtirokchilari Rossiyaning davom etayotgan tajovuzi qarshisida Ukraina bilan birdam ekanliklarini hamda zarur bo‘lgan vaqtda Ukrainaga harbiy, moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rsatishlarini tasdiqladi”, deyiladi bayonotda.

Germaniya Mudofaa vazirligi 2024 yilning qolgan oylarida jang maydonidagi vaziyatga qarab, Ukrainaga zudlik bilan qo‘shimcha yordam o‘tkazilishi kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongress tomonidan tasdiqlangan mablag‘dan Ukrainaga 5,5 milliard dollar ajratishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen esa 20 sentyabr kuni  Kiyevga tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit ajratishini ma’lum qilgandi.

Jasmina Rasulova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made