Germaniya terma jamoasi Nagelsmann bilan 2026 yilgacha shartnoma tuzdi

Sport

image

Yulian Nagelsmann Germaniya terma jamoasini 2026 yilgacha boshqaradi. Bu haqda Germaniya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik Kanada, AQSH va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 yakuniga qadar davom etadi.

“Milliy terma jamoaga murabbiylik qilish va mamlakatning eng yaxshi futbolchilari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish men uchun katta sharaf. Biz birgalikda Yevropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishni xohlaymiz”, deydi Nagelsmann.

Nagelsmann 36 yoshda, u Germaniya terma jamoasini 2023 yilning 22 sentyabrida qabul qilib olgan. Mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma dastlab 2024 yilning 31 iyuliga qadar amalda edi. 2021 yildan 2023 yilgacha Nagelsmann mamlakatning “Bavariya” klubiga ustozlik qilgan va myunxenliklar bilan bir marta Germaniya chempioni, ikki marta mamlakat kubogi g‘olibi bo‘lgan. Bungacha mutaxassis “Xoffenxaym” va “Leypsig” klublarida faoliyat olib borgan.

2023 yil 10 sentyabrda Xans-Diter Flik jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Flik ketishidan oldin Germaniya terma jamoasi ketma-ket beshta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Nagelsmann tayinlangach, nemislar oltita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, uchtasida g‘alaba qozondi, ikkitasida mag‘lub bo‘ldi va bir marta durang o‘ynadi.

Ma’lumot uchun, Yevropa chempionati 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Nemislar “A” guruhida Shotlandiya, Vengriya va Shveysariya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Yulian Nagel'smann

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing