Germaniya Rossiya gaziga qaramlikdan qutildi
Olam
−
19 yanvar 2023 22408 1 daqiqa
Germaniya Rossiya energiya ta’minoti importiga qaram bo‘lishni to‘xtatdi. Bu haqda Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner ma’lum qildi.
“Albatta, Germaniyaning hali ham energiya ta’minotiga ehtiyoji bor, ammo Rossiyadan emas, balki jahon bozorlaridan”, deydi vazir.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat muqobil energiya manbalarini topgan. Shu bilan birga mamalakatda yopilgan IES qayta ochilgan, yopilishi rejalashtirilgan uchta atom elektr stansiyasi esa hozirda ishini davom ettirmoqda.
Shuningdek, Germaniya birinchi navbatda Norvegiya va AQSHdan gaz yetkazib berish infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025