Germaniya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Jamiyat

image

Avval xabar qilinganimizdek, Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-29 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Tashrif asnosida an’anaviy do‘stlik, ochiqlik va o‘zaro anglashuv ruhida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazildi. Germaniya Prezidenti ushbu mamlakatning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi, ishbilarmon doiralarning davra suhbati hamda Yohann Volfgang Gyote haykali va bog‘ining ochilish marosimida qatnashdi, sanoat korxonalari bilan tanishdi.

Frank-Valter Shtaynmayer Xorazm viloyatida ham bo‘lib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbatlashdi, Xiva shahridagi tarixiy obidalarni tomosha qildi.

Shu bilan GFR Federal Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi. Frank-Valter Shtaynmayer Xorazmdan Germaniyaga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya Frank-Val'ter Shtaynmayer

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing