Germaniya Polshadan tovon to‘lash haqida nota oldi. Berlin eski hisobni yopadimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Germaniya hukumati Polsha Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar istilosi natijasida mamlakatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida yuborilgan nota olganini ma’lum qildi, deb xabar beradi KNA.

Germaniya hukumati vakiliga ko‘ra, nota o‘rganiladi, shundan so‘ng javob tayyorlanadi.

Polsha Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rauga ko‘ra, notada tomonlar tovon to‘lash masalasini barqaror hal etish uchun choralar ko‘rishi kerakligi bildirilgan. Polsha tomonlar ishg‘ol munosabati bilan moddiy va nomoddiy zarar uchun tovon to‘lash masalasini hal qilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

“Bunday kelishuv Polsha-Germaniya munosabatlarini adolat va haqiqatga asoslanishiga imkon beradi, o‘tmishdagi og‘riqli sahifalarning yopilishiga olib keladi va ikki tomonlama munosabatlarning yaxshi qo‘shnichilik ruhida yanada rivojlanishini ta’minlaydi”, deydi Polsha TIV rahbari.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Polshaning tovon puli talabini rad etdi

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Varshavaning tovon puli talabini rad etdi. 4 oktyabr kuni Polsha TIV rahbari bilan uchrashuvdan so‘ng u Germaniya hukumati nuqtai nazaridan Polshaga tovon to‘lash masalasi yopilganini aytdi. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, “abadiy vazifa” Germaniya polshaliklarga keltirgan azob-uqubatlarni eslab qolishdir.

“Germaniya, shubhasiz, o‘zining tarixiy mas’uliyatini zimmasiga oladi”, deydi Berbok.

Eslatib o‘tamiz, Polsha Tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau 3 oktyabr kuni Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi davridagi vayronagarchiliklar uchun 1,3 trillion yevro tovon undirishni talab qiluvchi notani imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya-Pol'sha

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar