Germaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash uchun dronlardan foydalanmoqchi

Olam

image

Germaniya Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt bugun, 15 may kuni noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun dronlar, vertolyotlar va termal tasvir kameralarini joylashtirdi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.

“Biz chegarada xodimlar bo‘yicha ham, turli chegara tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatlari bo‘yicha ham nazoratni kuchaytirdik. Masalan, dronlar, fotokameralar va vertolyotlar yordamida tekshiruvlarni moslashuvchan tarzda amalga oshirishimiz va harakatlantirishimiz, migrant kontrabandasi guruhlarining harakatlariga tezkor javob berishimiz va tezkor choralar ko‘rishimiz mumkin”, deydi vazir.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya chegara nazoratiga jalb qilingan politsiya xodimlari sonini 11 ming kishidan 14 ming kishiga oshirgan.

“Mamlakatga noqonuniy kirishlarni rad etishlar soni sezilarli darajada oshganini qayd etdik”, deydi u.

Rad etishlar soni 45 foizga oshgan. So‘nggi yetti kun ichida 739 ta noqonuniy kirishga urinishning oldi olingan. Bu avvalgi haftaga nisbatan 45 foizga ko‘p, ya’ni o‘tgan haftada 511 ta rad etish holatlari qayd etilgan. Bu haftada 51 ta boshpana so‘rovi qabul qilingan, ulardan 32 tasi rad etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ichki ishlar vaziri dronlar noqonuniy migratsiya Aleksandr Dobrindt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing