Germaniya Kiyevga 2024 yilda tasdiqlangan so‘nggi harbiy yordamni jo‘natadi
Olam
−
17:23
536Germaniya 2024 yilda tasdiqlangan so‘nggi harbiy yordam paketlaridan birini Ukrainaga jo‘natish niyatida. Bu haqda Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevda “Deutsche Welle” muxbiriga ma’lum qildi.
Nemis vazirining so‘zlariga ko‘ra, ushbu paket doirasida Kiyev Leopard 1A5 asosiy jangovar tanklari, Marder piyoda qo‘shinlarining jangovar mashinalari, bronetransportyorlar va boshqa qurollarni oladi.
“Berlin Kiyevga Leopard 1 tanklari, Marder piyodalarining jangovar mashinalari, bronetransportyorlari va boshqa harbiy yordamlarni yetkazib berish jarayonida. Bu qaror o‘tgan yil oxirida qabul qilingan”, degan Mudofaa vaziri Pistorius.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda mavjud Leopard 2A4 tanklari allaqachon Ukrainaga yetkazilgan.
Shuningdek, Boris Pistorius Kiyevda nemis rasmiylari Polsha, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya bilan AQSHda hokimiyat almashganidan keyin Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish masalasini muhokama qilayotganini aytgan.
“Katta beshlik”ning birinchi yig‘ilishi o‘tgan yilning noyabr oyida Berlinda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, keyingisi Parijda bo‘lib o‘tadi”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 yanvar kuni Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukraina rahbariyati bilan Rossiya bosqinini qaytarishda keyingi harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Kiyevga borgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi