Germaniya kansleri Samarqandga keladi
Jamiyat
−
14 Sentabr
6718O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi federal kansleri Olaf Shols 15-16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
"Savdo-iqtisodiy, texnologik va investitsiyaviy-moliyaviy sheriklikni kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va boshqa yo‘nalishlarda faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari bo‘yicha fikr almashiladi" deyiladi xabarda.
Dastur doirasida O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya federal kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv ham o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Olaf Shols 15 sentyabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan C5+1 formatidagi sammitda ishtirok etishi va shu safar doirasida O‘zbekistonga ham kelishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi