Germaniya AQSHning ishiga aralashmaydi

Olam

image

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Berlin Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish masalasida AQSHga “to‘siq qo‘ymasligi” kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 9 iyul kuni ZDF televideniyesiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

"Germaniyada bu turdagi o‘q-dorilar hali ham federal hukumat tomonidan taqiqlangani va GFR ta’minotiga qarshi ekanligi to‘g‘ri. Ammo hozirgi vaziyatda Germaniya hukumati AQSH yo‘lida tura olmaydi”, degan Shtaynmayer.

Shu bilan birga, Germaniya Prezidenti 2008 yilda mamlakat Tashqi ishlar vaziri sifatida Osloda kassetali bombalarni taqiqlash bo‘yicha xalqaro konvensiyani imzolagani, shu bois bu bahslarda xolis munosabatda bo‘lganini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, kassetali o‘q-dorilar turli maqsadlar uchun (tankga, piyodalarga va boshqalarga qarshi) ko‘p miqdorda portlovchi o‘q-dorilar bilan yuklangan zaryadlar bo‘lib, ular bombalar, artilleriya snaryadlari va raketa kallaklari ko‘rinishida ko‘plab mamlakatlar armiyalarida ishlatiladi. 2010 yil 1 avgustda kassetali o‘q-dorilar to‘g‘risidagi konvensiya kuchga kirgan, uni 123 davlat imzolagan, shulardan 110 tasi ratifikatsiya qilgan. Mazkur konvensiya bilan davlatlar hech qachon, hech qanday sharoitda bunday o‘q-dorilarni ishlab chiqarmaslik, foydalanmaslik va hech kimga bermaslikka va’da bergan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyul kuni AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga kassetali o‘q-dorilarni o‘tkazishga qaror qilganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Kiyev Vashingtonga tinch aholiga minimal tahdid bilan Amerika kassetali o‘q-dorilarini qo‘llash bo‘yicha yozma kafolatlar berganini ta’kidladi. Biroq Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Buyuk Britaniya AQSHning bu qaroriga qarshi chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh kassetali o'q-dorilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing