“Geran”lar Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy omborini yo‘q qildi

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari “Geran” rusumli uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida Kiyev yaqinidagi Gostomelda harbiy yuklar saqlanadigan logistika omboriga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Vazirlik bugun, 12 sentyabr kuni Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli harbiy yuklar saqlanadigan logistika omboriga zarba berilgani aks etgan videolavhalarni e’lon qilgan.

Qayd etilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari “Geran” dronlari bilan Kiyev yaqinidagi ob’ektga hujum qilgan. Hujum nishoni Kiyev viloyatidagi Gostomel aholi punktida joylashgan logistika ombori bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya joriy oy boshidan buyon Ukrainaning bir nechta muhim ob’ektlarini bombardimon qilmoqda. Shuningdek, Rossiyaning nishonlar ro‘yxatidan Ukrainaning savdo infratuzilmasi, strategik zonalar hamda fuqarolik ob’ektlari ham o‘rin olgan.

Xususan, 5 sentyabr kuni Rossiya Ukrainadagi muhim ob’ektlarni bombardimon qilgan edi. Shu bilan birga, Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatida Ukraina qo‘shinlarining harbiy texnikalariga dronlar orqali zarba ham bergan. Bundan tashqari, joriy yilning 10 sentyabr kuni Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina data-markazlarini nishonga olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing