Gepatit “S” bilan kasallanganlar dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi
Salomatlik
−
29 iyul 2022
11527O‘zbekistonda virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlar dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi. Bu haqda kecha, 28 iyud kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 iyulidan boshlab har yili respublika aholisini skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimer zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit “S” turi bilan kasallangan bemorlarni davolashni 10 500 nafargacha yetkaziladi.
Kasallik yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni, shu jumladan qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari orasida gepatit “V” infeksiyasini oldini olish maqsadida emlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, 2022-2023 yil davomida 120 mingga yaqin tibbiyot xodimlari virusli gepatit “V” infeksiyasiga qarshi to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Virusli gepatitlar “V” va “S” turlarini eliminatsiya qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlari asosida 2030 yilga qadar:
skrining darajasini – davolash bilan qamrab olish ishlarini, bolalarni emlash darajasini – 90 foizga yetkazish;
yangi kasallanish holatlari qayd qilinishini – 90 foizga kamaytirish;
o‘lim holati ko‘rsatkichlarini – 65 foizga kamaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.
LiveBarchasi