Generalga suiqasd ishtirokchisi Turkiyaga qochgani aytilmoqda

Olam

image

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Harbiy razvedka bosh boshqarmasining o‘rinbosari, general-leytenant Vladimir Alekseyevga uyushtirilgan suiqasd ishtirokchisi Zinaida Serebritskaya xalqaro qidiruvga berildi, u Turkiya hududida yashiringan. Bu haqda jinoyat ishiga oid materiallarga tayanib, TASS xabar berdi. 

“Serebritskaya xalqaro qidiruvga berildi”, deyiladi ish materiallarida. 

Shuningdek, materiallarda u Turkiya hududida qochib ketgani, Serebritskaya Istanbulga Rossiyadan uchib kelgani aytilgan. 

U Rossiya pasportiga ega bo‘lib, undan Luganskdan Rossiyaga kelish va mamlakat bo‘ylab harakatlanish uchun foydalangan. 

Avvalroq TASS kuch tuzilmalari Serebritskaya Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 317-moddasi (huquqni muhofaza qilish organi xodimining hayotiga tajovuz qilish) bo‘yicha federal qidiruvga berilgani haqida xabar bergan edi. Moskvaning Zamoskvorets sudida ma’lum qilinishicha, Serebritskayaga sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Moskvadagi Volokolamskoye shossesida joylashgan turarjoy binosida noma’lum shaxs generalga bir nechta o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shahar shifoxonasiga yuborilgan. Hozirda ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Alekseev Zinaida Serebritskaya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar