General-leytenant Tursinxon Xudoybergenovga faxriy unvon berildi
Jamiyat
−
20 may 2021 24714 1 daqiqa
Tursinxon Aydarovich Xudoybergenov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Qayd etilishicha, ushbu unvon davlat organlari va huquq-tartibot idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida bartaraf etish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, mard va jasur, o‘z burchiga sadoqatli kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan berilgan.
Tursinxon Xudoybergenov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr