“Gazprom” va Qozog‘iston Qorachaganak gazi bo‘yicha kelishib oldi
Olam
−
25 noyabr
429“Gazprom” va Qozog‘iston 2025-2026 yillarda Qorachaganak konining gazini qayta ishlash va sotishning asosiy shartlari to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda “Gazprom” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 25 noyabr kuni “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar uchrashuv o‘tkazgan. Unda hamkorlikning borishi va istiqbollari muhokama qilingan.
“Uchrashuvda 2025-2026 yillarda Qorachaganak konining gazini qayta ishlash va sotishning asosiy shartlari to‘g‘risida bitim imzolandi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Qorachaganak bu Qozog‘istonning neft-gaz kondensat koni. U G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Burli tumanida, Aksay shahri yaqinida joylashgan. Kaspiy bo‘yi neft-gaz provinsiyasiga tegishlidir. Kon 1979 yilda ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istondan Germaniyaga “Drujba” neft quvuri orqali eksport qilinadigan neft hajmi 2024 yil oxirigacha 100-150 ming tonnaga oshirmoqchiligi xabar qilingandi. Ma’lum qilinishicha, yetkazib berishning umumiy hajmi dastlabki rejadagi 1,2 million tonnaga nisbatan 1,3-1,35 million tonnagacha oshishi mumkin. Qorachaganak va Qashag‘on konlaridan qazib olingan qozoq nefti Rossiyaning “Drujba” neft quvuriga kiradi va Unecha-Adamova forpost yo‘nalishi bo‘ylab tranzitda Belarus va Polsha orqali Germaniyaning Shved shahridagi zavodga yetkazilishi haqida xabar berilgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi