G‘azoga qilingan hujumlarda “Islomiy jihod”ning yana bir qo‘mondoni yo‘q qilindi
Olam
−
07 avgust 2022
7006Falastin “Islomiy jihod” guruhining yuqori martabali qo‘mondoni Xolid Mansur Isroilning G‘azo sektoriga qilgan havo hujumi natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda “Al-Quds” brigadasining harbiy qanotiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Harbiy kengash a’zosi va janubiy mintaqa qo‘mondoni Xolid Said Mansur kecha, 6 avgust kuni tunda Rafah shahriga uyushtirilgan havo hujumi chog‘ida halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Aytish joizki, bu ikkinchi shunday holat – 5 avgust kuni “Islomiy jihod” anklavning shimoliy qismidagi guruhning harbiy qanotiga qo‘mondonlik qilgan Taysir al-Jabariyning o‘limi haqida xabar berilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 32 kishiga, yaralanganlar 253 kishiga yetdi.
Isroilning bugun, 7 avgust kuni ertalab bergan qator zarbalaridan so‘ng, qutqaruvchilar Rafahdagi qulagan bino vayronalari ostidan sakkiz kishining jasadini, jumladan uch ayol va bir bolani olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni Isroil mudofaa kuchlari Falastin “Islomiy jihod” guruhining terroristik nishonlariga qarshi olib borilayotgan “Tong” operatsiyasiga start berdi.
Armiya G‘azodagi nishonlarga zarba bergan. Bugun, 6 avgust kuni soat 20:00 gacha sektor atrofidagi 80 kilometrlik hududda favqulodda holat amal qiladi. Ochiq maydonda o‘ndan ortiq va yopiq joylarda 50 dan ortiq odamni yig‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’lim faoliyati taqiqlangan.
Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qo‘shma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan o‘ziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytgan.
Falastinning G‘azo sektoridagi hukmron HAMAS harakati keskinlashuvda Isroilni ayblagan.
LiveBarchasi