G‘azodan yaralanganlarni evakuatsiya qilish to‘xtatildi – “Reuters” 

Olam

image

Jabrlangan aholi va xorijiy pasport egalarini G‘azo sektoridan Rafah nazorat punkti orqali Misrga evakuatsiya qilish kecha, 4 noyabr kuni to‘xtatildi. Bu haqda Misr xavfsizlik xizmati va shifokorlarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.


Ularning aytishicha, Isroil 3 noyabr kuni G‘azoda tez yordam mashinasiga hujum qilganidan keyin evakuatsiya to‘xtatilgan.

Ma’lumot uchun, o‘sha kuni Isroil armiyasi tez yordam mashinasiga hujum qilgan.  Isroil tomoni mashinadan HAMAS tarafdorlari foydalanganini da’vo qilmoqda. Harbiy ma’lumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida bir necha kishi haok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 noyabr kuni birinchi marta xorijlik fuqarolar G‘azo sektorini Rafah nazorat punkti orqali tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya G'azo yaralanganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing