G‘azodagi janglarda Isroil vazirining o‘g‘li halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil Vazirlar Mahkamasi vaziri va sobiq harbiy rahbar Gadi Ayzenkotning o‘g‘li Gal Meir Ayzenkot G‘azo sektoridagi janglarda halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 7 dekabr kuni “Milliy birlik” partiyasi rahbari Beni Gans xabar berdi.

63 yoshli Gadi Ayzenkot qattiqqo‘l general sifatida tanilib, 2015-19 yillarda Isroil Bosh Shtab rahbari lavozimida ishlagan. U va Beni Gans “Milliy birlik” partiyasidan deputat bo‘lib, Isroilning Falastinning G‘azo sektoriga havo, quruqlik va dengiz hujumiga sabab bo‘lgan HAMASning 7 oktyabrdagi halokatli hujumidan ko‘p o‘tmay, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumatiga qo‘shilgandi.

Isroil harbiylari 25 yoshli Gal Meir Ayzenkotning o‘limi haqida aniq ma’lumot bermadi, faqat uning G‘azo sektori shimolidagi janglarda halok bo‘lganini tasdiqladi.

“Men butun Isroil bilan birgalikda Gadini va uning oilasini qo‘llab-quvvatlayman va uni quchoqlaymiz. Biz Gal halok bo‘lgan muqaddas yo‘lda kurashishni davom ettirishga sodiqmiz”, deydi Gans.

Netanyaxu esa hamdardlik maktubida o‘zi va ayoli Saraning chuqur qayg‘uda ekanligini bildirib, Gadi Ayzenkot va uning rafiqasi Xanaga o‘g‘illari Gal Ayzenkotni jasur askar va haqiqiy qahramon deb atagan. 

“Isroil hukumati va Isroil fuqarolari sizlar bilan birga motam tutmoqda. Qahramonlarimiz bejiz o‘lmagan. Biz g‘alaba qozonmagunimizcha kurashni davom ettiramiz”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Muxolifat yetakchisi Yair Lapid esa Gal va Gadi Ayzenkotlarning harbiy kiyimda bir-birini quchoqlagan holda tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirib, unga shunday izoh qoldirdi:

“Bu surat. Bu quchoq. Ota va uning o‘g‘li. Har ikkisi ham formada. Ikkala askar ham shu mamlakatda. Ular ikkalasi ham zarur chaqiriqqa javob berdi va kerak bo‘lganda hoziru nozir edi, nima qilish kerak bo‘lsa, hamma narsani qildi. Bir quchoqda butun bir xalqning taqdiri”.

Janglarda Isroildan 1200 kishini o‘ldirilib va yana 240 kishini G‘azoga garovga olib ketganidan so‘ng, Isroil HAMAS guruhini yo‘q qilishga va’da bergan.

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda 7 oktyabrdan beri 17 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan va 1,9 millionga yaqin odam, ya’ni aholining 85 foizi o‘z uyini tark etgan.

O‘z navbatida Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlari tomonidan terrorchi guruh deb e’lon qilingan HAMAS ham Isroilni yo‘q qilishga qasamyod qilgan.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Ayzenkotga o‘g‘lining jarohatlari haqida Isroil mudofaa kuchlari  janubiy qo‘mondonligiga tashrif buyurganida ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning eng yaxshi snayperini HAMAS mergani otib o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made