G‘azodagi vayronalar orasida 600 mingga yaqin bola bor – BMT

Olam

image

Isroil va HAMAS o‘rtasida davom etayotgan to‘qnashuvlar tufayli G‘azodagi vayronalar orasida qolgan bolalar soni 600 ming nafarga yetdi. Bu haqda BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) Bosh komissari Filipp Lazzarini “El País” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

“Xarobalar orasida chuqur psixologik jarohat olgan 600 ming nafar o‘g‘il-qiz bor, ular yashaydigan hududda 10 ming bola uchun o‘ziga xos ta’lim muhiti tashkil etishga muvaffaq bo‘ldik. Sentyabr oyining oxiriga kelib, biz bu raqamni 200 mingga yetmoqchimiz. Men maktablar yoki xavfsiz joylar haqida gapirmayapman, ular hozir G‘azoda yo‘q, lekin g‘oya bolalarning psixologik shikastlanishi davolashni boshlashdir”, deydi u.

UNRWA rahbarining ta’kidlashicha, hatto o‘t ochishni to‘xtatgan taqdirda ham G‘azo sektorini qayta qurish anklav aholisi uchun “uzoq va og‘riqli yo‘l” bo‘ladi. Agar G‘azo sektorida mojaroga siyosiy yechim topish uchun umumiy va haqiqiy istak bo‘lmasa, kelajakni tasavvur qilish juda qiyin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri qurbonlarning umumiy soni 40-140 ga yaqinlashgan, yana 93 mingga yaqin odam jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 2023 yil oktyabr oyida Isroilning mintaqada harbiy amaliyotlari boshlanganidan beri G‘azo sektori aholisining deyarli 90 foizi ko‘chirilgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made