G‘azodagi shifoxonalarning deyarli yarmi yoqilg‘i taqchilligi tufayli yopildi – JSST

Olam

image

G‘azo sektoridagi 36 shifoxonaning deyarli yarmi yoqilg‘i yetishmasligi va davom etayotgan hujumlar tufayli ishlamayapti. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adanom Gebreisus X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"G‘azodagi 36 shifoxonadan 14 tasi va 2 ixtisoslashtirilgan markaz yoqilg‘i yetishmasligi, vayronagarchilik, hujumlar va ishonchsizlik tufayli ishlamayapti", deydi Tedros Adanom Gebreisus. 

Unga ko‘ra, ochiq qolgan shifoxonalar mo‘ljallanganidan 40% ko‘proq bemorlar bilan to‘lgan.
 
JSST gumanitar sabablarga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda. 

"JSST gumanitar yordamdan zudlik bilan va uzluksiz foydalanishga chaqiradi. Biz tinch aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarini faol himoya qilishga, shuningdek, insonparvarlik sulhiga chaqirishda davom etamiz", deya ta’kidladi tashkilot Bosh direktori. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tedros Adanom Gebreisus G‘azo sektoridagi saraton kasalligini davolash bilan shug‘ullanadigan yagona muassasasi bo‘lgan Turk-Falastin Do‘stlik shifoxonasiga uyushtirilgan havo hujumining o‘ta tashvishli ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shifoxona G'azo yopildi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing