G‘azodagi shifoxonaga bomba tashlandi. Qurbonlar ko‘p
Olam
−
18 Oktabr 2023
993117 oktyabr kuni tunda G‘azo sektoridagi baptistlar shifoxonasiga aviazarba berilishi oqibatida 800 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Arabiya”telekanali xabar bermoqda.
Falastin rahbariyati G‘azo sektorida yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan shifoxonaga uyushtirilgan hujum yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishga Falastin davlati Prezidenti Mahmud Abbos raislik qilgan.
Isroil mudofaa kuchlari esa shifoxonaga hujum bilan bog‘liq boshqa talqinlarni ilgari surmoqda. SAXAL matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Islomiy jihod” tashkilotining noto‘g‘ri qarori sababli, bombalar shifoxonaga yog‘ilgan.
Isroil armiyasi ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli nizo avj olgan paytdan beri G‘azo sektoridan falastinlik radikallar tomonidan uchirilgan 450 ga yaqin raketa Isroilga yetib bormagan va anklav hududiga tushgan.
O‘z navbatida, "Islomiy jihod" tashkiloti G‘azodagi shifoxonani bombalab, yuzlab tinch aholining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgani haqidagi da’volarni rad etdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo shahri markazidagi davlat shifoxonasiga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lganlarning barchasi tinch aholi vakillari edi. Bu haqda Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili ma’lum qilgan.
LiveBarchasi