G‘azodagi qurbonlar soni 30 mingdan oshdi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektorida 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 30 ming 410 nafarga yetdi, yana 71 ming 700 nafari yaralandi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga tayanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 90 nafar aholisi halok bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam va fuqaro mudofaa guruhlari Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli ularga yetib bora olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil qochoqlar lageriga hujum qilgan va unda tibbiyot xodimlari halok bo‘lgandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing