G‘azodagi qurbonlar soni 10,3 mingdan oshdi
Olam
−
07 noyabr 2023
3021Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 10,3 ming kishiga yetdi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni hozirda kamida 10328 kishini tashkil etadi.
Qayd etish joizki, kechagina Qatarning “Al Jazeera” telekanali 7 oktyabrdan buyon anklavda halok bo‘lganlar soni 10 ming 22 nafarga yetganini, ulardan kamida 4104 nafari bolalar ekanini xabar qilgandi.
Bugungi ko‘rsatgich esa 24 soat ichida 300 dan ortiq kishi halok bo‘lganini anglatadi.